Flik: «Jamoa tayyor»
«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jamoaning «Osasuna»ga qarshi bo‘lajak o‘yinga tayyorgarligi haqida fikr bildirdi.
«Biz tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz va jamoa tayyor. Biz e’tiborga olishimiz kerak bo‘lgan yagona narsa – futbolchilarning jismoniy yuklamasi, shuningdek, so‘nggi bir necha kun ichida mashg‘ulotlarda kim o‘zini yaxshi ko‘rsatgani. Mana shuni nazorat qilishimiz kerak,» – deya Flikning so‘zlarini keltiradi Barca Universal.
Ispaniya chempionati 27-turidan o‘rin olgan qoldirilgan «Barselona» – «Osasuna» uchrashuvi bugun, 27 mart kuni bo‘lib o‘tadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/