«Real» KO‘JCH-2025’dan oldin Aleksandr-Arnold bilan shartnoma imzolamoqchi

Trent Aleksandr-Arnold klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida «Real» safida o‘ynashi mumkin.

Madridliklar «Liverpul» himoyachisini erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olishiga ishonayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Daily Mail xabariga ko‘ra, ispan klubi futbolchini 14 iyundan 13 iyulga qadar bo‘lib o‘tadigan turnirga olib ketmoqchi. Muammo shundaki, inglizning shartnomasi faqat 30 iyunda tugaydi, shuning uchun mersisaydliklar bilan uni muddatidan oldin bekor qilish bo‘yicha kelishib olishga to‘g‘ri keladi.

Qayd etilishicha, «Real»dan kichik tovon puli talab qilinishi mumkin.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter