Kuman Ispaniyadan uchralgan mag‘lubiyat haqida gapirdi

Niderlandiya terma jamoasi ustozi Ronald Kuman Ispaniya terma jamoasidan Millatlar ligasi chorak finalida penaltilar seriyasidagi mag‘lubiyat haqida fikr bildirdi.

«Ikkala terma jamoa ham yarim finalga chiqishga loyiq edi, ammo yo‘llanma faqat bitta. Juda shiddatli o‘yin bo‘ldi, unda omadimiz kelmadi. Futbolchilarim bilan faxrlanaman. Biz bu uchrashuvda qo‘limizdan kelgan barcha ishni qildik,» – deya «apelsinranglar» bosh murabbiyining so‘zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter