De la Fuente: «Yamal uchun juda xursandman»

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente Lamin Yamalning Millatlar ligasi chorak finalidan o‘rin olgan Niderlandiyaga qarshi o‘yindagi ishtiroki haqidagi savolga javob qaytardi.

Ispanlar ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 5:5 hisobidagi durangdan so‘ng penaltilar seriyasida g‘alaba qozonib, yarim finalga yo‘l oldi. «Barselona»ning 17 yoshli vingeri «qizil furiya»ning penaltini golga aylantira olmagan yagona futbolchisiga aylandi, biroq biroz oldinroq aynan u qo‘shimcha bo‘limlarda muhim golni urgandi.

«Lamin penalti tufayli biroz xafa bo‘lishi mumkin, lekin u ham hammamiz kabi baxtli. Menimcha, u juda yaxshi harakat qildi, kerakli hamma narsani qildi, ajoyib gol urdi. U o‘sishda davom etmoqda, har doim jamoaning muvaffaqiyatiga asosiy hissa qo‘shmoqda va men u uchun juda xursandman,» – dedi de la Fuente matbuot anjumanida.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter