Rafinya Yamaldan nima kutayotganini aytdi
«Barselona» vingeri Rafinya Dias jamoadoshi Lamin Yamalning istiqbollari haqida gapirdi.
Braziliyalik va ispaniyalik futbolchi joriy yevromavsumning eng samarali hujum chiziqlaridan birini tashkil etmoqda. Yakshanba kuni 17 yoshli futbolchi «qizil furiya»ga qo‘shimcha bo‘limlarda gol urib, Millatlar ligasi chorak finalida Niderlandiyani mag‘lub etishga yordam berdi. Penaltilar seriyasidagi zarbasini vunderkind golga aylantira olmadi, ammo bu ispanlarga xalaqit bermadi.
«Yamal ajoyib, favqulodda iste’dod egasi. Bu uning o‘ziga bog‘liq, ammo unda rekordlar o‘rnatish va uzoq yillar davomida individual mukofotlarni qo‘lga kiritish uchun hamma narsa bor. Bugungi kunda futbol ko‘p narsani talab qiladi: masalan, ovqatlanishni nazorat qilish, qat’iy rejimga rioya qilish kerak. To‘g‘ri tayyorgarlik bilan Lamin yana uzoq vaqt davomida eng yaxshilar qatorida qolishi mumkin,» – deya Rafinyaning so‘zlarini keltiradi ispan OAV.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/