«Arsenal» Gimaraesni sotib oladimi?
Angliyalik mashhur insayder Devid Ornshteyn «Arsenal»ning «Nyukasl» yarim himoyachisi Bruno Gimaraesga qiziqishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
«Men uni «Nyukasl»dan ketayotganini ko‘rmayapman va «Arsenal» uni sotib olishni xohlayotganini bilmayman», – dedi insayder o‘z podkastida.
Avvalroq «Arsenal» braziliyalik futbolchi uchun 60 million funt to‘lashga tayyor ekanligi xabar qilingandi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/