Portugaliya terma jamoasi ustozi Ronalduning tanqidlariga munosabat bildirdi

Roberto Martines Krishtianu Ronalduning tanqidlariga javob qaytardi.

Portugaliya terma jamoasi Millatlar ligasining 1/4 finali birinchi o‘yinida Daniyadan mag‘lub bo‘ldi (0:1). Jamoalar ertaga javob o‘yinida maydonga tushishadi.

«Ikkala jamoa ham taktik jihatdan juda moslashuvchan, biz ikkita hujumchi bilan o‘ynadik. Raqibga qarab futbolchilarimizdan foydalanishimiz kerak.

Lekin har bir o‘yinda Krishtianu haqida gapirishga urinishning hojati yo‘q. Agar Krishtianu Ronaldu gol ursa, u jamoadagi eng muhim futbolchi. Gol urolmasa, bu uning yoshi bilan bog‘liq. Bu adolatsiz baho» – dedi Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter