Kimmix: «G‘alabadan juda xursandmiz»

Germaniya terma jamoasi sardori Joshua Kimmix Millatlar ligasi 1/4 finali birinchi o‘yinida Italiya ustidan qozonilgan g‘alaba (2:1) haqida fikr bildirdi.

«Biz g‘alabadan juda xursandmiz, ayniqsa o‘yinga qanday kirganimizni hisobga olsak. Keyin italiyaliklar bizga o‘ynashga ruxsat berishayotganini payqadik, biroq avvaliga raqib jarima maydonchasini ishg‘ol qilish uchun maydonda kerakli futbolchilar yo‘q edi. Ikkinchi bo‘limda ular to‘pni faolroq oldinga siljita boshlashdi», – deya Kimmixning so‘zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.

Javob uchrashuvi 23-mart, yakshanba kuni Germaniyada bo‘lib o‘tadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter