Millatlar ligasi. Germaniya safarda Italiyani taslim qildi
Germaniya terma jamoasi Millatlar ligasi 1/4 finalining ilk uchrashuvida Italiyani mag‘lub etdi – 2:1. O‘yin Milandagi «Juzeppe Meassa» stadionida bo‘lib o‘tdi.
Italiyalik yarim himoyachi Sandro Tonali 9-daqiqada mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Uning birinchi bo‘limdagi yagona goli bo‘ldi. Tanaffusdan so‘ng zaxiradan maydonga tushgan Tim Klyayndinst hisobni tenglashtirdi. Leon Goreska 76-daqiqada g‘alaba golini kiritdi.
Javob uchrashuvi 23 mart, yakshanba kuni Germaniyada bo‘lib o‘tadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/