Germaniyalik himoyachiga «Barselona», «Real», «Liverpul», «Arsenal», va «Nyukasl» qiziqmoqda
Niko Shlotterbek bir nechta top-klublarga qiziq.
Avvalroq, 25 yoshli himoyachining transferini «Liverpul» ko‘rib chiqayotgani ma’lum bo‘lgandi. Bild xabariga ko‘ra, «Borussiya» futbolchisiga «Arsenal,» «Nyukasl,» «Real» va «Barselona» klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Dortmundliklar futbolchi bilan yangi uzoq muddatli shartnoma imzolamoqchi – amaldagi kelishuv 2027 yilgacha mo‘ljallangan. Hozirda Shlotterbek 5 million yevro atrofida maosh olmoqda, ammo shartnoma uzaytirilsa, uning maoshi ikki barobarga oshishi mumkin.
Niko joriy mavsum Bundesligada 22 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/