Anchelotti Niko Pasning «Real»ga qaytishi mumkinligini aytdi

Karlo Anchelotti Niko Pasning «Real»ga qaytishiga ruxsat berdi.

Madridliklar yarim himoyachini «Komo»dan 9 mln yevroga sotib olishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Bu mavsumda 20 yoshli futbolchi A Seriyada 6 ta gol va 5 ta assistga mualliflik qildi.

«U bizning odamimiz, biz uni kuzatamiz. U juda yaxshi o‘ynayapti. Bu borada menda shubha yo‘q. Mavsum oxirida nima qilishni hal qilamiz,» – dedi «Real» bosh murabbiyi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter