«Bornmut» himoyachisini qanchaga sotib olish mumkin?

«Bornmut» markaziy himoyachisi Din Xeysenni klublar qanchaga sotib olishi ma’lum bo‘ldi.

Insayder Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, 19 yoshli futbolchining shartnomasida shu yozda 59,5 million yevrolik sotib olish bandi kuchga kiradi.

Qayd etilishicha, bu mutlaqo barcha klublarga tegishli. Oldin Xaysen «Real», «Bavariya», «Chelsi», «Tottenxem» va boshqa ko‘plab Yevropaning top-klublarining radarida ekanligi xabar qilingan edi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter