Florian Virs yana bir mavsum Leverkuzenda qolishi mumkin

«Bayer» Leverkuzen klubi hujumkor yarim himoyachisi Florian Virs jamoadan ketishga shoshilmayapti.

Bild xabariga ko‘ra, 21 yoshli futbolchining o‘zi ham, yaqinlari ham kamida yana 1 mavsum «dorishunoslar» safida o‘ynashi kerakligini va 2026 yilgi Jahon chempionatidan keyin boshqa klubga o‘tish eng ideal vaqt bo‘lishini aytmoqda.

Hozirda Virsni «Bavariya» va «Manchester Siti» jiddiy kuzatmoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter