Shirer ham Alvaresning penaltisi haqida fikr bildirdi
Angliyalik mashhur sobiq hujumchi Alan Shirer «Atletiko» hujumchisi Xulian Alvaresning «Real»ga qarshi o‘yindagi penaltilar seriyasida hisobga olinmagan goli haqida gapirdi.
«Men Xulian Alvaresning penaltisini 100 martadan ortiq ko‘rib chiqdim va hamon uning to‘pga ikki marta tekkani haqidagi rad etib bo‘lmas dalillarni topishga urinmoqdaman. Bu mutlaqo bema’ni gap», – dedi Shirer Sky Sports efirida.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/