Moyes «Vest Xem»dagi ishini esladi
«Everton» bosh murabbiyi Devid Moyes «Vest Xem» haqida fikr bildirdi.
Jamoalar 15 mart, shanba kuni Premyer-ligada to‘qnash kelishadi. Avvalroq, Moyes London jamoasiga ustozlik qilgan va hatto 2023 yilda u bilan Konferensiyalar ligasida g‘olib chiqqan.
«Vest Xem»? Menga bu klub juda yoqdi, u yerda ajoyib vaqt o‘tkazdim. Yevrokubokdagi g‘alabadan so‘ng Londonning sharqiy qismi qanday ko‘rinishini tomosha qilish ajoyib edi. Hozirgi futbolchilarning barchasini «Vest Xem»ga olib kelmaganman, lekin ko‘pchiligi bilan ishlagan bo‘lsam kerak. Ularni ko‘rish ajoyib bo‘ladi, ammo ularga qarshi o‘ynash qiyin bo‘ladi,» – dedi Moyes matbuot anjumanida.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/