Runi: «Manchester Yunayted»da bir nechta shunday o‘yinchilar bo‘lishini xohlardim»
«Manchester Yunayted«ning sobiq hujumchisi Ueyn Runi mankunianliklarning yosh vingeri Amad Diallo haqida fikr bildirdi.
«U xuddi toza havoning bir nafasidek, haqiqatan ajoyib futbolchi. Uning gollarini, kreativ o‘yinini va maydondagi harakatlarini ko‘ring. Jamoada yana bir nechta shunday o‘yinchilar bo‘lishini xohlardim,» – dedi Runi «Manchester Yunayted»ning rasmiy veb-saytiga bergan intervyusida.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/