Dyumfris: «Chempionlar ligasining chorak finaliga chiqqanimizdan xursandman»
«Inter» qanot himoyachisi Denzel Dyumfris Chempionlar ligasining 1/4 finaliga chiqqanidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
«Bu yaxshi o‘yin, biz uchun ajoyib kecha bo‘ldi. Chorak finalga chiqqanimizdan xursandman. «Bavariya» ajoyib jamoa. Shaxsan men o‘zimni yaxshi his qilyapman, yaxshi formadaman va shunday davom etishni xohlayman», – deya Dyumfris so‘zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.
Eslatib o‘tamiz, Chempionlar ligasining birinchi chorak final o‘yinlari 8 va 9 aprel kunlari bo‘lib o‘tadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/