Dyumfris trebl yutmoqchi
Denzel Dyumfris «Inter» bu mavsumda trebl yutadi deb umid qilmoqda.
Bugun «neradzurrilar» Chempionlar ligasi 1/8 finalining javob uchrashuvida «Feyenoord»ga qarshi maydonga tushadi.
Birinchi o‘yinda «Inter» mehmonda 2:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.
“Men “Feyenoord”dan juda agressiv bo‘lishini va natijani o‘zgartirishga harakat qilishini kutaman. Ularning yo‘qotadigan hech narsasi yo‘q.
G‘alaba qozonish uchun o‘ynash kerak. Men uchala sovrinni ham qo‘lga kiritishni istayman”, dedi “Inter” himoyachisi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/