«Yunayted» Zirkzeening harakatlaridan qoniqmoqda

«Manchester Yunayted» mavsum yakunlangach, Joshua Zirkzeeni sotib yubormoqchi emas.

Bu haqda Give Me Sport xabar berdi.

Mankunianliklar 23 yoshli forvardning o‘yinidan mamnun, u mavsum davomida barcha musobaqalarda 41 ta o‘yinda 6 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Yanvar oyida niderlandiyalik futbolchiga «Milan» va «Yuventus» qiziqish bildirgandi, ammo Zirkze «Old Trafford»da qolishga qaror qildi, «MYU»ning o‘zi ham hujumchi bilan xayrlashishni istamadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter