Xabi Alonso jiddiy sinovlarga duch kelgan

Leverkuzenning “Bayer” klubi Chempionlar ligasi 1/8 finalidan o‘rin olgan “Bavariya”ga qarshi javob o‘yini oldidan jarohat olgan uch futbolchisini yo‘qotdi.

Shanba kuni “dorichilar” Bundesliga doirasidagi o‘yinda o‘z maydonida “Verder”ga imkoniyatni boy berishdi (0:2).

Mag‘lubiyat Xabining yagona muammosi emas, Florian Virs, Granit Jaka va Edmond Tapsoba ikkinchi bo‘limda jarohati tufayli almashtirildi.

Kicker xabariga ko‘ra, murabbiy uchala futbolchining ham «ba’zi muammolar»ga duch kelayotganini tan oldi.

Biroq murabbiy ularning tiklanish muddati haqida hech qanday ma’lumot bermadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter