Slot: «Dunyoning eng yaxshi darvozaboni bo‘lish uchun boshqalar qila olmaydigan seyvlar qilish kerak»
Alisson Chempionlar ligasi 1/8 finalidan o‘rin olgan «PSJ» – «Liverpul» uchrashuvi qahramoniga aylandi.
Braziliyalik darvozabon 9 marta seyv amalga oshirdi va jamoasining g‘alaba qozonish imkoniyatini saqlab qoldi, mersisaydliklar yakunda bundan unumli foydalanishdi.
Juma kungi matbuot anjumanida “Liverpul” bosh murabbiyi Arne Slot yana Alissonning yuqori saviyasi haqida gapirdi.
«Alisson nimasi bilan ajralib turadi? Menimcha, dunyoning eng yaxshi darvozaboni bo‘lish uchun ba’zida boshqalar qila olmaydigan seyvlar qilish kerak.
O‘ylaymanki, biz chorshanba kuni shunday ikki yoki uchta seyvni ko‘rdik.
U biz uchun muhim daqiqalarda jahon darajasidagi seyvlarni amalga oshirdi», dedi Slot matbuot anjumanida.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/