Premyer-liga va A Seriya klublari Lindelofni kuzatib borishmoqda
«Manchester Yunayted» himoyachisi Viktor Lindelof joriy mavsum yakunida jamoani tark etishi mumkin.
Jurnalist Ekrem Konurning yozishicha, 30 yoshli futbolchining xizmatlariga Angliya Premyer-ligasining to‘rtta klubi, Italiya A seriyasining uchta jamoasi va u avval o‘ynagan Portugaliyaning “Benfika” klubi qiziqish bildirmoqda.
Ta’kidlanishicha, shvesiyalik himoyachini «Milan», «Inter», «Yuventus», «Vest Xem», «Everton», «Vulverxempton» va «Fulxem» klublari kuzatib borishmoqda.
Joriy mavsumda Lindelof barcha musobaqalarda 12 ta o‘yin o‘tkazdi va birorta ham gol ura olmadi. Futbolchining «Manchester Yunayted» bilan shartnomasi shu yilning yozida yakuniga yetadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/