YEL. «Manchester Yunayted» Ispaniyada «Real Sosyedad» bilan durang o‘ynadi

«Manchester Yunayted» safarda Yevropa Ligasi 1/8 final dastlabki o‘yinida «Real Sosyedad» bilan durang o‘ynadi – 1:1.

Uchrashuvning 57-daqiqasida mehmonlar forvardi Joshua Zirkzee tomonidan kiritilgan golga mezbonlar 70-daqiqada Mikel Oyarsabalning penaltini aniq amalga oshirishi bilan javob qaytardi.

Javob o‘yini 13 mart kuni Manchesterda bo‘lib o‘tadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter