YEL. «Lasio» 9 kishi bo‘lib g‘alabani tortib oldi

«Viktoriya» o‘z maydonida Yevropa Ligasi 1/8 final dastlabki o‘yinida «Lasio»ga yutqazdi – 1:2.

Uchrashuvning 18-daqiqasida Italiya jamoasi himoyachisi Alessio Romanyoli hisobni ochdi. Mezbonlar tanaffusdan so‘ng darhol javob golini urishdi. 77-daqiqada mehmonlar 10 kishi bo‘lib qoldi, Nikolo Rovella qizil kartochka oldi. Qo‘shib berilgan daqiqalarda rimliklar himoyachisi Samuel Jigo maydonni tark etdi, ammo «Lasio» to‘qqiz kishi bo‘lib gol urib, g‘alaba qozondi. Gustav Isaksen o‘zini ko‘rsatdi.

Javob uchrashuvi bir haftadan so‘ng, 13 mart kuni Italiyada bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 22:45 da boshlanadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter