Parrott: «Tottenxem» o‘zlari xohlagan darajada emas»
“AZ Alkmaar” hujumchisi Troy Parrott Yevropa ligasi 1/8 finalida Londonning “Tottenxem” jamoasiga qarshi o‘yin oldidan fikr bildirdi.
«Ishonchim komilki, ularning ligadagi o‘yini barchani xafa qiladi. Men u yerda bo‘lganimda bor e’tibor kuchli to‘rtlikka kirish va jadvalning yuqori qismiga yaqinlashishga qaratilgan edi.
Ular o‘zlari xohlagan darajada yaxshi emas. Ular og‘ir kunlarni boshdan kechirayotganga o‘xshaydi, lekin men bor e’tiborimni jamoamga va natijaga erishish uchun ertaga nima qilishimiz kerakligiga qaratishga harakat qilyapman», dedi Niderlandiya klubi futbolchisi matbuot anjumanida.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/