YECHL. «Bavariya» «Bayer» darvozasiga javobsiz 3 ta gol urdi
«Bavariya» Chempionlar Ligasi 1/8 finalining dastlabki o‘yinida «Bayer»ni mag‘lub etdi – 3:0. O‘yin Myunxendagi «Alyans Arena»da bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvning 9-daqiqasida Xarri Keyn hisobni ochdi. Tanaffusdan keyinoq Jamal Musiala myunxenliklarning ikkinchi goliga mualliflik qildi. 75-daqiqada Keyn penaltidan dublni rasmiylashtirdi.
Leverkuzenliklar 62-daqiqadan boshlab bir kishi kam bo‘lib o‘ynadi, Nordi Mukiele qizil kartochka oldi.
Javob o‘yini bir haftadan so‘ng, 11 mart kuni Leverkuzenda bo‘lib o‘tadi.
Manba: www.stadion.uz.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/