YECHL. «PSJ» to‘liq ustunlik qilgan o‘yinda «Liverpul» g‘alabani ilib ketdi

«Liverpul» Chempionlar Ligasi 1/8 final dastlabki o‘yinida «PSJ»ni mag‘lub etdi – 1:0. O‘yin Parijdagi «Park de Prens» stadionida bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvning 20-daqiqasida parijliklar hujumchisi Xvicha Kvarasxeliya hisobni ochdi, biroq VAR ofsayd tufayli kiritilgan to‘pni bekor qildi.

Yagona gol 87-daqiqada yarim himoyachi Xarvi Elliot tomonidan kiritildi. «Qizillar» o‘yinda parijliklar darvozasiga bir dona aniq zarba yo‘lladi.

Javob o‘yini bir haftadan so‘ng, 11 mart kuni Angliyada bo‘lib o‘tadi.

Manba: www.stadion.uz.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter