Devis: «Bavariya» bilan shartnomamni uzaytirganimdan juda xursandman»
«Bavariya» himoyachisi Alfonso Devis klub bilan yangi shartnoma borasida fikr bildirdi.
«Men «Bavariya» bilan shartnomamni uzaytirganimdan juda xursandman va hayajondaman. Bu uzoq davom etdi, lekin biz uddaladik. Men o‘zimni keyingi 5 yil yoki undan ham ko‘proq vaqt davomida Myunxenda ko‘raman,» – deya Devisning so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabrisio Romano.
Devis «Bavariya» safida 2019 yildan buyon to‘p tepib kelmoqda. Joriy mavsumda 24 yoshli kanadalik barcha musobaqalarda 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/