Anchelotti: «Mbappe va Vinisius» o‘z darajasini ko‘rsata olmadi»
Madridning «Real» klubi ustozi Karlo Anchelotti Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 finalidan o‘rin olgan «Atletiko»ga qarshi dastlabki o‘yinda yulduz hujumchilar Vinisius Junior va Kilian Mbappening harakatlaridan norozi bo‘ldi.
«Matraschilar» himoyachilariga qarshi turish oson ish emas. Vinisius va Mbappe kurashdi, ammo o‘z darajasini ko‘rsata olmadi. Biroq ularni oldinda javob uchrashuvi kutmoqda,» – deya italiyalik mutaxassisning so‘zlarini keltiradi Marca gazetasi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/