Rays: «Barcha o‘yinlarga xuddi shunday munosabatda bo‘lishimiz kerak»
Londonning «Arsenal» klubi futbolchisi Deklan Rays jamoasining yirik g‘alabasi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Butun o‘yin davomida biz o‘zimizni ishtiyoq, shijoat va katta istak bilan namoyon etdik. Biz butun mavsum davomida shunday qildik.
Biz barcha o‘yinlarga bundan buyon ham xuddi shunday munosabatda bo‘lishimiz kerak. Hisob 3:1 bo‘lganida biz to‘g‘ri yoshdashdik va ustunlikni davom ettirdik va gol urishni davom ettirdik», dedi futbolchi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/