«Liverpul» 16 yoshli gruziyalik uchun «Real» va «Barselona» bilan raqobatlashishi mumkin
«Liverpul» Tbilisining «Dinamo» klubi futbolchisi Saba Xarebashvilini sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Anfield Watch xabariga ko‘ra, Premyer-liganing amaldagi yetakchilari 16 yoshli himoyachi uchun kurashga kirishishga tayyor. Xabarda aytilishicha, yosh futbolchiga “Real” va “Barselona” klublari qiziqish bildirmoqda.
Qayd etilishicha, ingliz klubi Xarebashvilini ko‘rish uchun allaqachon vakillarini yuborgan. Gruziyalik futbolchining kelasi yozda transferi ham istisno emas.
O‘tgan yozda Xarebashvili UEFA klub musobaqalarida qatnashgan eng yosh futbolchiga aylandi. U 15 yoshida Gruziya klubida debyut qilgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/