«Real»da oyning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi
Madridning «Real» klubi o‘tgan oy yakunlariga ko‘ra jamoaning eng yaxshi futbolchisini tanladi.
Yarim himoyachi Braim Dias g‘olib deb topildi, deya xabar bermoqda «qaymoqranglilar» matbuot xizmati. Marokashlik futbolchi Karlo Anchelotti jamoasiga Chempionlar ligasining «Etihad»dagi o‘yinida «Manchester Siti»ni mag‘lub etishga yordam berdi (3:2), u zaxiradan maydonga tushganidan ikki daqiqa o‘tib, o‘yin oxirida gol urgandi. Shuningdek, 25 yoshli xavbek Ispaniya kubogi doirasidagi o‘yinning 93-daqiqasida «Leganes» darvozasiga g‘alaba to‘pini kiritgan Gonsalo Garsiyaga assistentlik qildi.
Umuman olganda, Braim Dias joriy mavsumda «Real» safida 35 ta o‘yinda 5 ta gol va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/