Xavi italyan grandini qabul qilib olishi mumkin
Kataloniyaning «Barselona» klubi sobiq bosh murabbiyi Xavi Ernandes faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Todofichajes portali sahifalarida ma’lum qilindi.
Manbaga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassisga Turinning «Yuventus» klubi qiziqish bildirmoqda. «Keksa sinyora»da Tyago Mottaning ishidan norozilar ko‘paymoqda va uning iste’fosi haqida o‘ylamoqdalar. Xavi kelasi mavsum starti oldidan italiyalik mutaxassisning o‘rnini egallashi mumkin.
A Seriyaning joriy o‘yinida «Yuventus» turnir jadvalida beshinchi o‘rinda bormoqda. Turinliklar 49 ochko jamg‘arib, peshqadam «Inter»dan 8 ochko ortda qolmoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/