Salohning sevimli futbolchisi kim?
«Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh sevimli futbolchisi haqida gapirdi.
Misrlik futbolchi «qizillar»ning sobiq sardori va yarim himoyachisi Stiven Jerrardni alohida ta’kidladi.
«Futbol simulyatorlarida Jerrard rolida o‘ynaganman. U men doim jamoaga tanlagan yagona futbolchi.
U uzoqdan ajoyib zarba beradi va ajoyib gollar uradi. Men u bilan bir necha marta uchrashganman. U aql bovar qilmaydigan ajoyib o‘yinchi», – dedi Saloh.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/