Saloh top-5 chempionatlarda o‘rtacha ball to‘plash bo‘yicha ikkinchi futbolchi bo‘lib turibdi

«Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh Yevropaning top-5 ligalarida joriy mavsumning eng yaxshi futbolchilari reytingida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

Misrlik futbolchi 25 ta gol urdi va 17 ta golli uzatmani amalga oshirdi, uning o‘yini WhoScored algoritmlari bo‘yicha 7,89 ball bilan baholandi. Bu «Barselona»ning 17 yoshli vingeri Lamin Yamaldan keyingi ikkinchi ko‘rsatkichdir – 7,96. Uchinchi pog‘onada «Bavariya» vakili Xarri Keyn (7,86) qayd etilgan. Keyingi o‘rinlarda Usmon Dembele («PSJ»), Bukayo Saka («Arsenal») va Rafinya («Barselona»).

Shuningdek, o‘nlikdan Florian Virts («Bayer»), Jamol Musiala («Bavariya»), Kilian Mbappe («Real») va Maykl Olise («Bavariya») joy olgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter