«Barsa» La Liganing so‘nggi 8 mavsumidagi eng yaxshi ko‘rsatkichini qayd etmoqda
«Barselona» La Ligada 26-turdan keyin anchadan beri bunchalik ko‘p gol urmagandi.
Bugun Xans-Diter Flik jamoasi «Real Sosyedad«ni yirik hisobda mag‘lub etdi (4:0) va joriy yilgi Ispaniya chempionatida 71 ta golga erishdi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha ular yaqqol yetakchilik qilmoqda.
Oxirgi marta «ko‘k-anorranglilar» 2017 yilda mavsumning ushbu bosqichida kamida shuncha gol urgandi. O‘shanda ular 26 turda 76 marta gol urgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/