La Ligada fevral oyining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi. Bu Pedri yoki Mbappe emas

La Liga fevral oyining eng yaxshi futbolchisi nomini e’lon qildi.

Ovoz berishda birinchi o‘rinni yarim himoyachi Oyan Sanset egalladi. 24 yoshli ispaniyalik futbolchi o‘tgan oyda «Atletik» safida 4 ta o‘yinda 6 ta gol urgan.

Shuningdek, sovrin uchun Kilian Mbappe («Real»), Pedri («Barselona»), Antoni («Betis») va Ante Budimir («Osasuna») da’vogarlik qilgandi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter