«Inter» himoyachisi: «Gol urishdan g‘alaba qozonishni ma’qul ko‘rardim»
«Inter» chap qanot himoyachisi Federiko Dimarko «Napoli» bilan o‘yindagi durangni izohladi – 1:1. Milanliklarning yagona goli aynan Dimarko hisobiga yozildi.
«Barchasi durang bilan yakunlangani achinarli, garchi raqibimiz juda kuchli bo‘lishini bilgan bo‘lsak-da. Darhaqiqat, u bizga qiyinchiliklar tug‘dirdi, ammo tarkibimizdagi yo‘qotishlarga qaramay, biz ham matonat bilan o‘ynadik. Men yaxshi gol urdim, lekin ochig‘ini aytsam, gol urishdan ko‘ra g‘alaba qozonishni ma’qul ko‘rardim,» – deya Dimarkoning so‘zlarini keltiradi fcinter1908.it.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/