«Atletiko»ga bu transfer 50 million yevroga tushishi mumkin

Urugvay terma jamoasi va «MYU» tayanch yarim himoyachisi Manuel Ugarte Ispaniya chempionatiga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda «Todofichajes» nashri xabar bermoqda.

Jurnalistlar ma’lumotiga ko‘ra, 23 yoshli futbolchining transferiga Madridning «Atletiko» klubi qiziqish bildirmoqda. «Matraschilar» bosh murabbiyi Diyego Simeonega Ugartening o‘yin uslubi yoqmoqda. Argentinalik mutaxassis urugvaylik futbolchini transfer maqsadlaridan biri sifatida ko‘rsatdi.

Manuelning bozor narxi 50 million yevroga baholanmoqda. U 2029 yilning o‘rtalarigacha «qizil iblislar» bilan shartnomaga ega.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter