A Seriya top-klubi «Manchester Yunayted» hujumchisini sotib olmoqchi

Niderlandiyalik hujumchi Joshua Zirkzee «Manchester Yunayted»ni tark etib, Italiya chempionatiga qaytishi mumkin.

Todofichajes nashri jurnalistlari tarqatgan xabarga ko‘ra 23 yoshli hujumchining xizmatlariga «Napoli» qiziqish bildirmoqda. Zirkzee neapolliklar safini to‘laqonli tark etishga juda yaqin turgan nigeriyalik Viktor Osimxenning o‘rnini to‘ldirishi mumkin. Mavsum yakuniga qadar afrikalik «Galatasaroy»da ijara asosida to‘p tepadi.

Zirkzening bozor narxi 42 million yevroga baholanmoqda. Futbolchining «qizil iblislar» bilan mehnat shartnomasi 2029 yilning iyun oyi oxirida tugaydi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter