«Yuventus» Mottani ishdan haydasa qancha pul to‘lashi ma’lum bo‘ldi

«Yuventus» bosh murabbiy Tiago Motta va uning yordamchilari shtabini iste’foga chiqarishga qaror qilsa, katta moliyaviy xarajatlarga duchor bo‘ladi.

Turin klubi 20 million yevro atrofida pul to‘lashi kerak. Motta o‘tgan yozda «Yuventus» bilan 3 yillik shartnoma imzolagan.

Italiya matbuotining ta’kidlashicha, agar amaldagi murabbiy ketsa, Turin klubi Antonio Konte va Jan Pyero Gasperinini ko‘rib chiqadi.

«Yuventus» A Seriya turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter