«Yuventus» 2019 yildan buyon ilk bor Italiya kubogi yarim finalida o‘ynamaydi

«Yuventus» so‘nggi olti yil ichida ilk bor Italiya kubogi yarim finalini o‘tkazib yuboradi.

Tyago Motta jamoasi 1/4 final bosqichida «Empoli»ga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘ldi.

Turinliklar oxirgi marta 2018/19 yilgi mavsumda kuchli to‘rtlikka kira olishmagan edi. O‘shandan beri ular bitta turnirda g‘alaba qozongan (o‘tgan mavsumda Massimiliano Allegri davrida), ikkita final va bitta yarim finalga chiqqan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter