«Bavariya» tavakkal qilmoqchi emas
«Bavariya» yarim himoyachisi Yozua Kimmix «Shtutgart»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan Bundesliga o‘yinida maydonga tusha olmaydi.
30 yoshli futbolchi yakshanba kuni «Ayntraxt»ga qarshi kechgan so‘nggi o‘yinning birinchi bo‘limi oxirida jarohat olgan edi.
Jurnalist Stefan Kumbergerning fikricha, yarim himoyachi katta ehtimol bilan juma kuni «Shtutgart»ga qarshi o‘ynamaydi.
«Bavariya» Chempionlar ligasida «Bayer» bilan o‘yin oldidan Kimmixning sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘ymoqchi emas.
Futbolchining o‘zi vaziyatni tushunadi va Vensan Kompani bo‘lajak chempionat o‘yinida uni maydonga tushirishini kutmaydi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/