APL. «Chelsi» «Sautgempton»ni yengib, 4-o‘ringa ko‘tarildi

«Chelsi» Angliya chempionatining 27-turida «Sautgempton»ni mag‘lub etdi – 4:0. O‘yin Londondagi «Stemford Brij» stadionida bo‘lib o‘tdi.

Birinchi bo‘limda «ko‘klar» uchta gol urishdi – Kristofer Nkunku, Pedru Netu va Levi Kolvill. 78-daqiqada himoyachi Mark Kukurelya gol muallifiga aylandi.

«Chelsi» ochkolarini 46 taga yetkazib, musobaqa jadvalida 4-o‘rinda bormoqda. «Sautgempton» esa so‘nggi o‘rinda – 9 ochko.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter