Alvares so‘nggi o‘yinlarda sermahsullik qayd etmoqda
Xulian Alvares so‘nggi 4 ta o‘yinda 4 ta gol urdi.
Bugun «Atletiko» hujumchisi Ispaniya Kubogi yarim finalidan o‘rin olgan «Barselona»ga (2:3, birinchi bo‘lim) qarshi o‘yinning 47-soniyasida hisobni ochdi. 6-daqiqada u Antuan Grizmannga assistentlik qildi.
Avvalroq argentinalik futbolchi «Valensiya»ga qarshi o‘yinda (3:0) dubl qayd etgan va «Real» darvozasiga bitta gol urgandi (1:1).
Umuman olganda, Alvares Madrid klubi safida 39 ta o‘yinda 20 ta gol urgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/