Kilian Mbappe bugungi mashg‘ulotlarni o‘tkazib yubordi

Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe «Real Sosyedad«ga qarshi Ispaniya kubogi o‘yinidan oldingi so‘nggi mashg‘ulotlarni o‘tkazib yubordi.

Jurnalist Gilyermo Ray xabariga ko‘ra, 26 yoshli fransuzning tishlarida muammo paydo bo‘lgan. Klub unga mashg‘ulotlarga kelmaslikka ruxsat bergan.

Ertaga «qirollik klubi» Ispaniya kubogi yarim finalidan o‘rin olgan «Real Sosyedad»ga qarshi ilk o‘yinni o‘tkazadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter