Yamal «Atletiko» bilan o‘yinda ishtirok etishi mumkin

«Barselona» qanot vingeri Lamin Yamal «Las-Palmas» bilan o‘yinda oyog‘idan zarba qabul qilib olganidan so‘ng Ispaniya kubogi yarim finalidan o‘rin olgan «Atletiko«ga qarshi dastlabki o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkinligi aytilgan edi.

Xelena Kondis xabariga ko‘ra, 17 yoshli futbolchi bilan hammasi joyida. U shifokorlardan o‘yinga tushish uchun ruxsat olgan.

Uchrashuv bugun tungi soat 01:30 da boshlanadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter