«Manchester Siti» yarim himoyachisi «Atletiko»ga o‘tishi mumkin

Xorvatiya terma jamoasi va “Manchester Siti” yarim himoyachisi Mateo Kovachich Ispaniya chempionatiga qaytishi mumkin.

Xabarga ko‘ra, «Atletiko» 30 yoshli yarim himoyachini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Kovachichning «shaharliklar» bilan shartnomasi 2027 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Xorvatiyalikning transfer qiymati 28 million yevroga baholanmoqda.

Kovachich «Manchester Siti»da 2023 yildan buyon o‘ynab kelmoqda. Yarim himoyachi joriy Angliya Premyer-ligasida 22 ta o‘yin o‘tkazdi. Mateo 4 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter