O‘zbekistonlik yosh qilichbozlar Quvaytdagi Osiyo chempionati umumjamoa turnirining kumush medali sovrindori
Joriy yilning 23-fevral kuni Quvaytda Osiyo chempionati doirasida qilicbozlikning uch turdagi yo‘nalishi bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jamoaviy musobaqa bo‘lib o‘tdi.
Quvonarlisi, O‘zbekiston qilichbozlik bo‘yicha sablyachi o‘gil bolalar terma jamoasi qit’aning 16 ta kuchli jamoalari orasida o‘z mahoratini namoyish etib, 2-o‘rinni egallashga muvaffaq bo‘ldi hamda kumush medallarni qo‘lga kiritdi!
Yakuniy natijalar:
1-o‘rin – Xitoy
2-o‘rin – O‘zbekiston
3-o‘rin – Qozog‘iston
3-o‘rin – Koreya.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/