Tyago Motta «Yuventus»ning «Kalyari»ga qarshi o‘yindagi muammosini aytdi
«Yuventus» bosh murabbiyi Tyago Motta «Kalyari«ga qarshi o‘yindan (1:0) keyingi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
A Seriya 26-turining yakshanba kungi o‘yinida yagona gol 12-daqiqada urildi – uning muallifi Dushan Vlaxovich.
«Birinchi bo‘limda juda ko‘p imkoniyatlarga ega bo‘ldik. Tanaffusga ketayotib, qo‘ldan boy berilgan imkoniyatlardan afsuslanishimiz mumkinligini bilardik. Balki bizga tetiklik yetishmagandir, chunki uch kun oldin Chempionlar ligasida «PSV»ga qarshi 120 daqiqa o‘ynagandik, ammo baribir bittadan ko‘p gol urishga majbur edik. Ijobiy jihat – biz gol o‘tkazib yubormadik,» – dedi Motta.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/